"Yuridik adabiyotlar Publish"
«Yuridik adabiyotlar Publish» MCHJ huquqiy adabiyotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyot hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020 yil 27 yanvardagi AA 0042-sonli litsenziyasi asosida faoliyatini boshlagan.
Bugungi kunga qadar nashriyot tomonidan 130 nomdagi qariyb 200 000 nusxada yuridik adabiyotlar, darsliklar, shu jumladan 18 nomdagi kodekslar nashr qilindi va huquqni muhofaza qiluvchi hamda sud organlari, Oliy o‘quv yurtlariga muntazam yetkazib kelinmoqda.
Bizning asosiy faoliyat yo‘nalishlarimiz:
1. O‘zbekiston Respublikasining kodekslari
2. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari
3. O‘zbekiston Respublikasining kodekslariga ilmiy-amaliy sharhlar
4. Yuridik taʼlim beruvchi oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar
5. Keng kitobxonlar ommasi uchun ilmiy-ommabop nashrlar
Bizning maqsadimiz:
Aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga kundalik hayotda kerak bo‘ladigan yuridik yordamni kitoblar orqali taqdim etish. Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, boshqa davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ularning huquqi bilimlarini oshirishda kerak bo‘lidagan qo‘shimcha adabiyotlar chop etish.
Bizning shior:
Aniq, tezkor va ishonchli!
Yaʼni, ANIQ – qonunlarni bexato va hamma uchun tushunarli tilda yetkazish; TEZKOR – turli o‘zgartish va qo‘shimchlar kiritilganida, yangi qonun va boshqa normativ hujjatlar qabul qilinganida tezkorlik bilan yetkazib berish; ISHONCHLI – kodekslarni nashr etishda har bir kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchlarni diqqat bilan o‘rganib, to‘g‘ri kiritish va amaliyotchi huquqshunos qo‘liga eng ishonchli manbani yetkazish.
Manzillarimiz:
Asosiy do‘kon: Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 100/25. Tel: +998 99 554-70-70
“Sayilgoh” filiali: Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi. Tel: +998 99 517-70-70
Huquqiy adabiyotlarni nashr qilishda yetakchi nashriyot